12/08/2021

2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Videokonferensiya tarzida barcha hududiy boshqarmalarning tarmoq, shahar va tuman  bo‘limlari xodimlarining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan bugun, 12- avgust kuni o‘tkazilgan navbatdagi seminar xizmatlar sohasi statistikasini yuritish masalalariga bag‘ishlandi. Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar statistikasi boshqarmasi mutaxassislari seminar davomida ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmini xizmat turlari kesimida solishtirma narxlardagi o‘sish sur’atlarini hisoblash usullari, kichik biznes subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida oylik baholash ishlarini amalga oshirish,tanlanma kuzatuvlarni olib borishda planshetlardan foydalanish yuzasidan xodimlarning kasbiy salohiyati va bilimini o‘rgandilar.  Shu bilan bir qatorda sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 

                                         Axborot xizmati