11/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1– iyul holatiga viloyatda sog‘liqni saqlash  sohasida umumiy hajmi 71,4 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan va o‘tgan yilning yanvar-iyun holatiga nisbatan xizmatlar hajmi 18,5 mlrd.so‘mga ko‘paygan.

  2020- yilning mos davri bilan taqqoslaganda, mazkur xizmat turining jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi o‘zgarmagan bo‘lsada (1,8 %), o‘sish sur’ati  122,9 % ni tashkil qilgan (2020- yilning shu davrida 93,6 % bo‘lgan).

  Ma’lumot uchun: Joriy yilning 1- iyul holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 533 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan. Shundan 442 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etib, ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,6 % ga oshgan.

                                                     Axborot xizmati