10/08/2021

Azaldan Xorazm zaminida etishtirilgan shirin-shakar qovunlar qo‘rg‘oshin qoliplarda karvonlar orqali dunyoning ko‘plab mamlakatlariga etkazib berilgan. Bugun ana shu an’anani Bog‘ot tumanida joylashgan “PERFEKT LOGISTIKA” MCHJ jamoasi davom ettirmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha,  angliyalik tadbirkorlar Baxadur Moxammed Farid va Baxadur Moxammed Xumoyun tuman dalalarida bo‘lib, tilimi tilni yorar qovunlarimizni xarid qilish bo‘yicha korxona ta’sischisi Muhammadjon Abdirimov bilan kelishuvga erishdilar. Mahsulot bugundan maxsus avtotransportlarda eksportga jo‘natila boshlanadi.

Manba:  https://t.me/xorazm_uz_rasmiy