10/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-iyun oylarida  viloyatda turar joy qurilishiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 360,9 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 9,7 % ni tashkil qilgan. Shuning hisobiga umumiy maydoni 341,4 ming kv.m. bo‘lgan 1352 ta uy-joy foydalanishga topshirilgan (2020- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 100,9 %).

? 2021- yil yanvar – iyun oylarida ishga tushirilgan turar joylar:

  • yakka tartibdagi turar joylar – 323,4 ming kv.m. (shu jumladan qishloq joylarida 252,1 ming kv.m.),
  • namunaviy loyihalar asosida qurilgan yakka tartibdagi turar joylar – 5,1 ming kv.m,
  • suv tarmog‘i – 4,4 km.

✅  Ma’lumot uchun: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 67,9 mlrd. so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan.

                                                                                   Axborot xizmati