09/08/2021

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 6 oyida viloyatga 46 ta xorijiy davlatlardan tovarlar importi amalga oshirilgan.

 Shulardan 7 ta eng yirik boʻlgan Braziliya   ( import hajmi 62,0 mln. AQSh dollari), Xitoy Xalq Respublikasi (51,3 mln.), Rossiya Federatsiyasi (17,4 mln.) ,Turkiya (17.2 mln.), Koreya Respublikasi (13,5 mln.), Qozogʻiston (4,0 mln.) va Germaniya (3,4 mln.) kabi hamkor davlatlaridan jami import hajmi 168,8 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan.

 Bu esa umumiy import hajmining 89,2 % ni tashkil qiladi.

                                                                                                          Axborot xizmati