06/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 502,8 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 91,5 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2020- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 101,1 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan eng ko‘p qurilish ishlari hajmi Urganch shahri (321,9 mlrd. so‘m), Xiva (141,8 mlrd. so‘m), Urganch (128,4 mlrd. so‘m), Yangibozor (115,3 mlrd. so‘m), Shovot (109,7  mlrd.  so‘m),  Xonqa (107,8 mlrd. so‘m) hamda Gurlan (95,6 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.

 

                                                                              Axborot xizmati