05/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021- yil 1- iyul holatiga Hazorasp  tumani tug‘ilishlar soni bo‘yicha viloyatda etakchilik qilmoqda. Joriy yilning o‘tgan 6 oyida viloyatda 16,5 ming tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, tug‘ilish koeffitsienti 17,6 promilleni tashkil qilgan. Hazorasp tumanida shu davrda tug‘ilganlar soni 1 901 nafarga, tug‘ilish koeffitsienti esa 19,5 promillega teng bo‘lgan. Tug‘ilishlar soni bo‘yicha tumanning viloyat jami ko‘rsatkichidagi ulushi 11,5 % ni tashkil qilgan.

  2019-2021-  yillar yanvar-iyun oylari holatiga Hazorasp tumanida qayd qilingan tug‘ilishlar soni:

  • 2019- yil – 2 362 nafar ,
  • 2020- yil – 1902  nafar,
  • 2021- yil – 1 901 nafar.

 Ma’lumot o‘rnida: hisobot davrida viloyat bo‘yicha eng kam tug‘ilish holatlari Tuproqqal’a (0,5 ming nafar), Yangibozor (0,8 ming), Yangiariq (0,9 ming) tumanlari hamda Xiva shahrida (0,8 ming) qayd etilgan.

                                                                   Axborot xizmati