29/07/2021

Joriy yilning 29-  iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda "Prezident farmon va qarorlari amalda"  mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlar boshliqlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Hududiy statistika  boshqarmasi boshlig‘i v.b. H. Egamov  tomonidan anjuman ishtirokchilariga  Xorazm viloyatining 2021- yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish ko‘rsatkichlar xususida axborot berildi. Xususan, o‘tgan  6 oy ichida yalpi hududiy mahsulotning  tarkibi va  tahliliga oid rasmiy statistik ma’lumotlar taqdim qilindi.                                                                                                                                                                                                                                                                                        Matbuot-anjumani davomida 2020- yil 3-  avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son Qarorining mazmuni va undan kelib chiqadigan vazifalar hamda shu asosda  “ 2020-2023 yillarda O‘zbekiston  Respublikasi statistikasini rivojlantirish Milliy strategiyasi” ning qabul qilinganligi  orqali joriy yildan boshlab barcha turdagi davlat statistika hisobotlarini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.   Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli  "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023- YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA" gi qarorining ijrosini ta’minlashga qaratilgan, 2021- yilda sinov tariqasida Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik  yuzasidan matbuot-anjumani  ishtirokchilariga batafsil  ma’lumot berildi.

 

          Axborot xizmati