29/07/2021

Bugun, 29- iyun kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Farxod Ermanov boshqarib bordi.

Sessiya kun tartibiga  viloyatdagi 4 ta sektor rahbarlarining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yоshlar daftari” asosida joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari, “Obod mahalla”, “Yоshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturlari,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarorining ijrosi va boshqa bir qator muhim masalalar kiritildi.

 

                                                      Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati