27/07/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida faoliyat yuritib kelayotgan idora va tashkilotlarda statistika idoralari xodimlari tadbirga bag‘ishlangan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Ana shunday tadbirlar  26-27- iyul kunlari Qo‘shko‘pir tumanidagi “Shixmashhad” mahalla fuqarolar yig‘inida , Xonqa tumani “Yangi turmush” MFY da hamda tuman xalq ta’limi xodimlari ishtirokida, Bog‘ot tumani “Vatanparvar” tashkiloti hamda Hazorasp tumani Davlat xizmatlari agentligida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan  mazkur uchrashuvlar davomida aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati