24/07/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan 268 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga ko‘p.

2021- yilning iyun oyida O‘zbekistonga  63 ta  elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga ko’p.  


2021- yilning yanvar - iyun oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 228 ta

Turkiya – 24 ta

Koreya – 5 ta

AQSh – 5 ta

Germaniya – 4 ta

Litva – 1 ta

Ispaniya – 1 ta

Matbuot xizmati