19/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning 1- iyul holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 190 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Urganch shahri (umumiy miqdordagi ulushi 34,7 %), Urganch tumani (12,6 %), Xiva shahri (8,9 %), Xiva tumani (6,3 %), Shovot  (5,8 %) va Yangibozor (5,2 %) tumanlari  hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 ? Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar umumiy sonida quyidagi sohalarning ulushi yuqori bo‘lgan:

  • Sanoat – 36,3 %,
  • Savdo – 21,6 %,
  • Qurilish – 14,2 %,
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 11,1 %.

 

                                 Axborot xizmati