19/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning 1- iyul holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan 11 534 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatining 10 837 tasi ( 94,0 %) faoliyat ko‘rsatgan. Joriy yilning 6 oyida  viloyatda 1 427 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi tashkil etilgan.

📈 Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining hududlar kesimidagi soni:

  • Urganch shahrida – 2 343 ta,
  • Urganch tumanida – 1 135 ta,
  • Xiva shahrida – 1 011 ta,
  • Hazorasp tumanida – 894 ta,
  • Xiva tumanida – 892 ta,
  • Gurlan tumanida – 763 ta,
  • Yangiariq tumanida – 724 ta,
  • Qo‘shko‘pir tumanida – 663 ta,
  • Xonqa tumanida – 641 ta,
  • Bog‘ot tumanida – 618 ta,
  • Shovot tumanida – 477 ta,
  • Tuproqqal’a tumanida – 388 ta,
  • Yangibozor tumanida – 288 ta.

 

                                 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech