17/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 21 954 tani (jami korxonalarning 86,8 %) tashkil qilib, shundan 20 587 tasi ( 86,7%) faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning yanvar-iyun oyida 2 328 ta (yangi korxona va tashkilotlarning 96,8 %) kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng ko‘p kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda:

  • Savdoda – 6 776 ta,
  • Sanoatda – 3 990 ta,
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 2 607 ta,
  • Qurilish sohasida – 2 013 ta.

                                  Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech