17/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan  bozor xizmatlarining umumiy hajmi 3 897,6 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra xizmatlarning ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati quyidagi xizmat sohalarida qayd etilgan:

  • Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 167,0 %,
  • Ta’lim xizmatlari – 145,9 %,
  • Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 132,7 %,
  • Moliyaviy xizmatlar – 128,1 %.

📈  Jami  ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulushga ega xizmat turlari:

  • Savdo xizmatlari – 25,6 %,
  • Transport xizmatlari – 23,3 %,
  • Moliyaviy xizmatlar – 20,7 %.

                                                                   Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech