17/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   yanvar-iyun holatiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Xiva shahrida qayd etilib, 150,6 %  ni tashkil qilgan.  Jami xizmatlar hajmida eng katta ulush Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 36,3 % ga teng bo‘lgan.  

📈   Hududlar kesimida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi:

  • Urganch shahri  – 1 415,5 mlrd.so‘m,
  • Urganch tumani – 338,9 mlrd.so‘m,
  • Hazorasp tumani – 266,1 mlrd.so‘m,
  • Xonqa tumani – 260,5 mlrd.so‘m,
  • Shovot tumani – 211,3 mlrd.so‘m,
  • Bog‘ot tumani – 211,1 mlrd.so‘m,
  • Xiva tumani – 205,6 mlrd.so‘m,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 200,8 mlrd.so‘m,
  • Gurlan tumani – 192, 9 mlrd.so‘m,
  • Yangiariq tumanida – 187,4 mlrd.so‘m,
  • Xiva shahri – 171,3 mlrd.so‘m,
  • Yangibozor tumani – 162,2 mlrd.so‘m,
  • Tuproqqal’a tumani – 74,1 mlrd.so‘m.

 

                                                                   Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech