13/07/2021

Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi B.Tajiev  viloyatimizda bo‘lib,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yaqinda imzolangan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun,  “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun - mohiyatini aholiga tushuntirish borasida targ‘ibot ishlarini tashkil etish yuzasidan mahalliy kengashlar deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

]

Tadbirda shuningdek, Senat tarkibida yangi tashkil etilgan  Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining vazifalari haqida ham tushuntirish berildi.


  Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati