13/07/2021

Mamlakatimizda 2023-  yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuman (shahar) statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlarini o‘z vaqtida va samarali tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.  Joriy yilning  12-13 iyul kunlari  viloyatimizning bir qator hududlarida  mavzuga doir uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, Xonqa tumanidagi “Ahillik” mahalla fuqarolar yig‘inida , Qo‘shko‘pir tumanidagi “Tagalik” MFY va tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limida, Xiva shahar “Nuroniy ” jamg‘armasi hamda “Shixlar” MFY da, Yangiariq tumani hokimligining investitsiya hamda iqtisodiyot bo‘limlari xodimlari  ishtirokida shu kabi tadbirlar o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-   yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari hamda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

                                                                                Axborot xizmati