09/07/2021

Mamlakat reytingi uchta yo‘nalishdagi o‘rtacha qiymat ko‘rsatkichlariga bog‘liq:

* xayriya tashkilotlariga tushgan mablag‘lar;

* aholining muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatish;

* ko‘ngilli sifatida ko‘mak berish

2020- yilda yuz bergan global pandemiya muammolariga qaramay, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilgan insonlarning mehr-oqibati, hamjihatligi, saxiyligi pandemiyaning og‘ir muammolarini jahon miqyosida bartaraf etishga yordam berdi. O‘zbekistonda xayriya va o‘zaro yordam madaniyati qanchalik yuksalganini mamlakatimizning jahon xayriya indeksida tutgan o‘rni ham tasdiqlaydi.

O‘zbekiston 2020-  yilda xayriya tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha 18-o‘rinni (46%), muhtojlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saxovat yordami ko‘rsatgan odamlar soni bo‘yicha 58-o‘rinni (57% fuqaro), ko‘ngilli sifatida ko‘mak berish bo‘yicha 62-o‘rinni (16%) egalladi.

Indoneziya bu borada 2020-  yilgi jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Keniya ikkinchi, Nigeriya uchinchi o‘rinda qayd etildi. Mutaxassislar ushbu mamlakatlarda xayriya yordamining ko‘payishini kambag‘al aholi qatlamlarining ahvoli yomonlashayotgani, shuningdek, fuqarolik jamiyati va ko‘ngillilar harakati faollashgani bilan izohlashmoqda.

Pandemiya davrida odatda har doim birinchi o‘ntalikka kirgan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kanada, Niderlandiya) o‘rniga, ilgari hech qachon yuqori pozitsiyani egallamagan mamlakatlar birinchi o‘ntalikdan o‘rin egalladi.

Serquyosh yurtimizda etishtirilgan meva va sabzavotlar hamisha jahon bozorida yuqori o‘rinlarda bo‘lib kelgan. Vitaminlarga boyligi, ta’mi va o‘zgacha ko‘rinishi bilan xaridorgir hisoblangan ho‘l va quruq mevalar, sabzavot va poliz ekinlari mahsulotlarining mamlakat eksport salohiyatidagi ulushi ham yuqori

BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) loyihasini amalga oshirish doirasida «O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksporti: istiqbollari, muammolari va imkoniyatlari» mavzusida ma’ruza tayyorlandi. Mazkur hujjatda O‘zbekistondan quritilgan mevalarni eksport qilishning hozirgi holati va istiqbollari tahlil qilingan.

“Dunyo” axborot agentligining xabariga ko‘ra, ushbu ma’ruzani tayyorlash uchun UNCTAD ekspertlari tomonidan O‘zbekistonning 5 mintaqasi — Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Toshkentda o‘tkazilgan maxsus tadqiqot ma’lumotlaridan O‘zbekistonda qiymat zanjiri va quritilgan mevalar sifati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish maqsadida foydalanilgan.

Ma’ruzada, shuningdek, O‘zbekistondan quritilgan meva eksportiga ta’sir ko‘rsatadigan turli savdo standartlari, shu jumladan, Evropa Ittifoqi bozoriga kirish imkoniyatlarini beradigan me’yorlar ham keltirilgan. Unda qayd etilishicha, mevalar hajmi jihatidan O‘zbekistonning oltinchi yirik eksport mahsuloti hisoblanadi. 2019-  yilda uning eksport hajmi 644 million dollarni tashkil etdi. Iste’mol qilinadigan mevalar O‘zbekiston eksportining 14,3 milliard dollarlik eksportining 4,5 foizini tashkil qildi. SHu bilan birga, quritilgan uzum hajmi 105 million dollarni, boshqa quritilgan mevalar esa 40 million dollarni tashkil etdi.

Ma’ruza so‘nggida O‘zbekistonning quritilgan mevalar bozorida o‘z ulushini strategik jihatdan bosqichma-bosqich ko‘paytirish borasidagi sa’y-harakatlarining natijalari sarhisob qilingan.

 

O‘zA