08/07/2021

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  1- iyun holatiga Urganch tumanida 2 610 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan, shundan tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 492 tani tashkil qilgan ( ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar -525 ta). Viloyatda  hisobot davrida 3 926 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shundan 12,5 % Urganch tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Taqqoslash uchun: 2020- yilning 1- iyun holatiga tumanda ro‘yxatdan o‘tgan 405 ta oilaviy korxonaning 92,8 % yoki 376 tasi faoliyat ko‘rsatgan.

     2021- yilning yanvar-may oylarida tumanda  56 ta yangi korxona tashkil etilgan.

                                                                     Axborot xizmati