06/07/2021

 Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

     Quyidagi maqsadlarda dindan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish;
  • suverenitet va hududiy yaxlitlikka putur etkazish;
  • fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish;
  • urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qilish;
  • fuqarolarning sog‘lig‘i va axloqiga tajovuz qilish;
  • fuqarolar totuvligini buzish;
  • vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish;
  • aholi o‘rtasida sarosima uyg‘otish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish.

 

O‘zbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.

 Bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

 Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo‘lib, diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o‘zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

 Diniy tashkilot O‘zbekistonning 18 yoshga to‘lgan va 50 nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi. Ilgari 100 nafar edi.

 Shuningdek, qonun bilan diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish hamda ularning faoliyatini to‘xtatib turish asoslari belgilandi.

 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.