25/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-may oylarida viloyatda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmi 651,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. 

     Ushbu xizmat turining jami xizmatlar hajmidagi ulushi 20,1 % ga, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 128,0 % ga teng bo‘lgan.

 Hisobot davrida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlarning hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 161,4 mlrd.so‘mga ko‘paygan.

  Moliyaviy xizmatlar tarkibida eng katta ulush sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

                                       Axborot xizmati