24/06/2021

Viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan  aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va amalga oshirilish mexanizmlarini aholiga etkazish bo‘yicha qizg‘in targ‘ibot ishlari  amalga oshirilmoqda.

Bugun,  24- iyun kuni aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida  Urganch shahridagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi xodimlari, Hazorasp tumanidagi “Mustaqillik”, Bog‘ot tumanidagi “G‘alaba” hamda Xiva tumani “Sayot” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, Urganch tumani “Vatanparvar” tashkiloti tinglovchilari, Xiva shahri axborot-kutubxona markazi xodimlari va “Qumyaska” mahalla fuqarolar yig‘inida, Tuproqqal’a tumanidagi “Sayidlar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari  davomida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati