21/06/2021

2021- yilning 18- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich raisligida tashkil etilgan seminarda hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari, boshqarmalarining Ro‘yxatga olish va uni o‘tkazish bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Seminarda hududiy statistika organlari xodimlarining aholini ro‘yxatga olishga oid qabul qilingan me'yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Savol-javoblar natijasi bo‘yicha xodimlarning bilim darajasi baholanib, past baho olgan xodimlarga doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.