17/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda   dolzarb vazifalar qatorida mehnat statistikasini s amarali tashkil qilishga doir chora-tadbirlar belgilangan edi.

Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash viloyat statistika boshqarmasining Demografiya va mehnat hamda Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limlari mutaxassislari tomonidan barcha shahar va tumanlarda ijtimoiy soha idora va tashkilotlar bosh hisobchilari uchun  “ eStat4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4-Mehnat choraklik davlat statistika hisobotini taqdim etish” hamda “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish”  mavzularida shu yilning 17- iyun sanasidan e’tiboran seminarlar tashkil qilish rejasi ishlab chiqildi.

 Seminarning ilk  ish kunida Urganch shahri va tumani mutaxassislari ishtirok etdilar.