17/06/2021

Mamlakatimizda 2023-  yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda  tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida jamoatchilikning barcha qatlamlari o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini o‘tkazish nazarda tutilgan. Shu boisdan tayyorgarlik jarayonining 1-bosqichi davomida turli tashkilot va muassasalarda Xorazm viloyati statistika idoralari xodimlari tomonidan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun, 17- iyun kuni Yangibozor tumanidagi “Yangi yop” mahalla fuqarolar yig‘ini va tuman qurilish bo‘limida, Gurlan tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari davrasida, Hazorasp tumanidagi “Zehnli” MFY faollari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar  davomida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati