16/06/2021

Joriy yilning 16- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh. Bobojonov viloyatning Gurlan tumani hamda Xiva shahridagi buyum bozorlarida tanlanma kuzatuvga tushgan savdo ob’ektlarida nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rgandi.

Xususan,  tanlanma kuzatuv jarayonida Gurlan tuman statistika bo‘limi narx registratori  Q.O‘razmatov, Xiva shahar statistika bo‘limi boshlig‘i H.Egamovlar ishtirokida bir necha savdo do‘konlarida shu turdagi mahsulotlar narxlarining ko‘rsatkichlari qiyosiy o‘rganildi. Shu bilan birga narxlarni ro‘yxatga oluvchi mas’ul xodimlar (narx registratorlari) ga mahsulotlar narxlarining realligi va shaffofligiga e’tibor berish, tanlanma kuzatuvni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Narx kuzatuvlari viloyatning barcha hududlarida davom etadi.

                                                                          Axborot xizmati