11/06/2021

Ma’lumki, har oyning 10-20 sanalari oralig‘ida Xorazm viloyatida mavjud savdo shoxobchalarida iste’mol tovarlari va xizmatlarning narxlarini tanlanma  kuzatuvlar asosida o‘rganish belgilangan. Joriy yilning 10 iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov tomonidan Urganch shahrida joylashgan savdo nuqtalaridagi iste’mol tovarlarining narx indekslari bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazildi. Xususan, Urganch shahri bo‘yicha narx registratori Sh.Davletov ishtirokida shahardagi "Bibixonim" kelin liboslari salonidagi narxlar o‘rganildi.

                                

                                                                     Axborot xizmati