12/06/2024

2024- yilning 1- iyun holatiga viloyat bo‘yicha 22 998 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo (9 006 ta), sanoat (3 812 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (2 609 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (1 602 ta) hamda qurilish (1 575 ta) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududiy kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlari Urganch shahrida (4 357 ta), Urganch tumani (2 519 ta), Qo‘shko‘pir (1 870 ta), Xonqa (1 800 ta) tumanlari va Xiva shahrida (1 774 ta) faoliyat ko‘rsatgan.

 Axborot xizmati