07/06/2024

Joriy yilning yanvar- aprel oylarida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan 263 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 120,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarishning 48,5 %i (58,4 mlrd so‘mi) yirik sanoat korxonalari, 51,5 %i (62,1 mlrd so‘mi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yo‘nalishlar kesimida ishlab chiqarishning 55,3 %ini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etgan.

Hisobot davrida hudud sanoatida hajmi 66,9 mlrd so‘mlik shu turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan.

 

 Axborot xizmati