07/06/2024

Bugun, 7- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida iyul oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga qabul qilingan qonun hujjatlarining yo‘nalishlari, asosiy mazmun va mohiyati xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.

Shu bilan bir qatorda joriy yilning 30- mayida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-son qarorining maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib, unda belgilangan vazifalar, xususan tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil etishning yangicha yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumotlar berdi.

 Axborot xizmati