06/06/2024

2024- yilning  yanvar-aprel oylarida Qo‘shko‘pir tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 %ga oshgan va 192,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 4,9 %ni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga o‘rtacha chakana savdo ko‘rsatkichi 1056,6 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan.

Umumiy savdo hajmida:

yirik korxonalar – 1,0 mlrd so‘m

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari – 128,0 mlrd so‘m

uyushmagan savdo – 63,8 mlrd so‘mlik savdo hajmiga ega bo‘lgan.

 Axborot xizmati