04/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Xiva shahriga xorijdan 26,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar (xizmatlar) import qilingan.

2023- yilning mos davriga nisbatan import hajmi 5,8 marta oshgan va tashqi savdo tovar aylanmasi umumiy hajmining 81,8 %ini tashkil etgan.

Import mahsulotlari tarkibining 89,0 % ulushi mashina va transport uskunalari hissasiga to‘g‘ri kelib, mahsulot importi hajmi 24,0 mln dollarni tashkil qilgan.

 Axborot xizmati