03/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Tuproqqal’a tumanining import hajmi 33,5 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Viloyat importida tumanning ulushi 25.2 %ga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida tumanga eng ko‘p mahsulot MDH davlatlaridan import qilingan bo‘lib, 25,5 mln dollarni yoki umumiy hajmning 76,1 %ini tashkil qilgan.

Import tarkibida yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 30,8 mln dollarni (91,9 % ulushni) tashkil etgan.

 Axborot xizmati