03/06/2024

2024- yil yanvar- aprel oylarida Urganch tumanida 177,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Qurilish ishlari umumiy hajmining 47,6 %i yoki 84,5 mlrd so‘mi  kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu hajm viloyatda ushbu sektor tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 8,8 %ini tashkil qilgan.

Joriy yilning 1- may holatiga Urganch tumanida  201 ta kichik korxona va mikrofirma qurilish sohasida faoliyat yuritgan.

 Axborot xizmati