31/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Yangiariq tumani sanoatida umumiy hajmi 242,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shundan mahsulot hajmi:

ishlab chiqaradigan sanoatida - 151,0 mlrd so‘m

elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatida -  91,2 mlrd so‘m

suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatida – 0,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Hisobot davrida viloyat sanoatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning 46,3 %i Yangiariq tumani sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati