29/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz bo‘yicha 2 120 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan.

O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda ularning soni  151 taga oshgan.

Hisobot davrida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining hududlar kesimidagi soni:

 

Urganch shahri – 304 ta

Shovot tumani – 213 ta

Bog‘ot tumani – 202 ta

Urganch tumani – 191 ta

Yangiariq tumani – 185 ta

Hazorasp tumani – 160 ta

Xiva shahri – 154 ta

Xiva tumani – 151 ta

Gurlan tumani – 151 ta

Xonqa tumani – 128 ta

Qo‘shko‘pir tumani – 128 ta

Yangibozor tumani – 97 ta

Tuproqqal’a tumani – 56 ta.

 

 Axborot xizmati