23/05/2024

2024- yilning 22- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi I.Polvonova va Urganch tumani statistika bo'limi bosh mitaxassisi K.Otaniyozovlar ishtirokida Urganch tumanidagi 36 va 38- son umumta’lim maktablarida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

Axborot xizmati