23/05/2024

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan viloyatimizda 2024- yilning yanvar-aprel oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 208,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish  ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 187,4 % oshgan va ularning umumiy hajmdagi ulushi 12,4 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi  Urganch shahrida (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 56,0 %i), Xiva tumanida (10,0 % )  va  Urganch tumanida (8,6 %) qayd etildi.

 Axborot xizmati