21/05/2024

Bugun Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “2024- yilning 1- choragi yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda joriy yilning yanvar-mart oylari natijalariga ko‘ra viloyatimizning qator iqtisodiy yo‘nalishlariga doir statistik ko‘rsatkichlari, viloyat yalpi hududiy mahsulotini shakllanishida sohalarning ulushi, sanoat ishlab chiqarishi, qurilish ishlari, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari, chakana savdo, tashqi iqtisodiy tovar aylanmasi, qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilning mos davri bilan qiyosiy tahlili, o‘zgarish dinamikasi kabi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Shu bilan bir qatorda viloyatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish borasida ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari xususida ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumanida viloyatdagi OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Axborot xizmati