20/05/2024

Davlat statistika dasturiga asosan respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham 2024- yilning 2- choragida xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardan tanlanma so‘rovnoma o‘tkazish belgilangan.
   Shu munosabat bilan bugun, 20- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida seminar tashkil etildi.
   Seminarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev, Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamov, bosh mutaxassis Q.Matchanov va hududiy bo‘limlarning mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mazkur kuzatuvlarni tashkil etishda mas’ul xodimlarga ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar, xususan, planshet orqali oʻtkaziladigan tanlanma kuzatuvlarni qat՚iy  belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar va kamchiliklarning yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Axborot xizmati