20/05/2024

Joriy yilning 17- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024- yilning 3- mayida qabul qilingan “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-72-sonli qarorining mohiyati va undan kelib chiqadigan asosiy vazifalar bilan tanishtirildi.

Shu bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114 sonli Prezident qarorida tizim xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha  tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati