20/05/2024

2024- yilning 19-may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i  Sh. Davletov va mazkur kuzatuvga biriktirilgan interviyuyerlar ishtirokida Urganch xalqaro aeroportida kuzatuv tashkil etildi.

Kuzatuv davomida  viloyatimizga sayohat qilgan  va “Urganch-Rim” yo‘nalishida xorijga jo‘nab ketayotgan chet el sayyohlari bilan muloqot olib borildi. So‘rovnoma asosida olingan ma’lumotlar bo‘yicha turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, safar sarf-harajatlari tarkibi kabi axborotlar shakllantirildi.

 Axborot xizmati