17/05/2024

2024- yilning 17- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida viloyatimizning shahar va tumanlaridagi bir qator umumta’lim muassasalarida seminarlar tashkil etildi.


Xususan, Hazorasp tumanidagi 1-son, Xiva tumanidagi 5- son, Shovot tumanidagi 8- son, Urganch shahridagi 10 va 21- sonli umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova va S. Qurbonovalar o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tdilar.


Tadbir yakunida o'quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.


Axborot xizmati