17/05/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda 4,9 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

2023- yilning tegishli davriga nisbatan xizmatlar hajmining 16,7 %ga o‘sishi kuzatilgan.

Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlikning ulushi 59,1 %ni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga bozor xizmatlarining o‘rtacha hajmi 2 441,6 ming so‘m darajada qayd etilgan.

Xizmatlar sohasidagi korxonalarning jami korxona va tashkilotlar sonidagi ulushi 65,8 %ni tashkil etgan.

 Axborot xizmati