15/05/2024

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 % ga oshgan.

 O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

Qirg‘iz Respublikasi — 559,1 ming nafar;

Tojikiston — 260,8 ming nafar;

Qozog‘iston — 184,1 ming nafar;

Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;

Rossiya — 50,3 ming nafar;

BAA — 38,5 ming nafar;

Turkiya — 34,4 ming nafar;

Quvayt — 13,8 ming nafar;

Misr — 8,2 ming nafar;

Tailand — 6,2 ming nafar;

Boshqalar — 37,1 ming nafar.

  Matbuot xizmati