15/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Bog‘ot tumanida  202,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 114,3 %ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 67,8 mlrd so‘mni yoki 33,5 %ni tashkil etgan.

Shuningdek, yuqori hajmga savdo (49,0 mlrd so‘m), moliyaviy (24,7 mlrd so‘m), aloqa va axborotlashtirish (14,5 mlrd so‘m) xizmatlar ega bo‘lgan.

 Axborot xizmati