14/05/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 27,1 % ni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 28,5 % ni tashkil etgan.

Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromad – mustaqil ravishda tashkillashtirilgan va uy xo‘jaligi a’zolari jalb qilingan mehnat jarayoni natijasida olingan daromadlar.

 Matbuot xizmati