08/05/2024

Joriy yilning may oyida viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.



Suratlarda  hududlarda o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlaridan lavhalar.



 Axborot xizmati