08/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Yangibozor tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 260,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,3 marta oshgan.

Investitsiyalarning o‘sish sur’ati markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan mablag‘lar  hissasiga to‘g‘ri kelib, hisobot davrida ushbu turdagi investitsiyalar hajmi 257,4 mlrd so‘mni ya’ni jamining 99,0 %ini tashkil qilgan.

 Markazlashmagan investitsiyalar tarkibi:

 korxonalarning o‘z mablag‘lari - 2,5 mlrd so‘mni

to‘g‘ridan –to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar - 218,1 mlrd so‘mni

 aholi mablag‘lari - 32,7 mlrd so‘mni

 bank kreditlari - 4,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 Axborot xizmati